MUALLIFLIK MATERIALI
Sitora Musaeva
MUTAXASSIS JAVOB BERADI

Sitora Musaeva, onkoginekolog.

Homiladorlik va bepushtlik haqidagi savollar

1Menga 5 oydan beri farzand bo‘lmayapti. Bachadonim kichik ekan. Nima qilsam bo‘ladi?

Bepushtlik haqida muntazam jinsiy aloqada bo‘lganingizdan 1 yil o‘tgach tashvishlanishingiz mumkin. O‘zingizga vaqt bering.

2Menda 4 haftalik homiladorlik. Hisoblasa bo‘larmikin?

Muddatni hisoblash oxirgi hayz kunidan boshlanadi.

3Menda homiladorlikning 32-haftasi. Belda, oyoqlarda tinmay og‘riq bor. Tizzadan pastda yura olmaydigan darajada. Belda simillab og‘riq bor. Nima maslahat berasiz?

Men homilador ayollarga qon aylanishini yaxshilash va mushaklar spazmini yengillashtirish uchun bir nechta massaj kurslarini tavsiya qilgan bo‘lardim. Shuningdek, muntazam ravishda sayr qilish yoki suzish, yoga bilan shug‘ullanish. Aynan jismoniy faollik qon oqimini yaxshilab, sizga yordam beradi.

4Menda 3 ta farzand, 4-siga homiladorman. Necha haftalikda tug‘ish esimdan chiqib ketgan. Tenbo‘li buni «aparast»a degan. O‘zi tug‘ish bilan aparastani haftaliklarida farq bormi yoki yo‘qmi?

Agar shifokor sizga kesarcha kesish orqali tug‘ishni tavsiya qilgan bo‘lsa, 38 haftadan keyin rejalashtirilgan operatsiya sanasini shifokor bilan birga tanlashingiz mumkin.

5Torchga davolandik. Erimda yo‘qoldi, menda tugamadi. 2 homilam o‘sishni to‘xtatgan edi. Endi homilador bo‘la olamanmi?

Ko‘p narsa qanday kasallik bilan og‘riganingizga, nima bilan davolanganingizga va hokazolarga bog‘liq. Agar sizda ma’lum bir qo‘rquv bo‘lsa, masalani reproduktolog shifokor bilan muhokama qilgan ma’qul.