
Sitora Musaeva, onkoginekolog.
Toksikoz va holat bo‘yicha savollar
1Homiladorman. Qayt qilishim to‘xtamayapti. Nima qilay?
Agar kuniga 5-7 martadan ko‘p qusayotgan bo‘lsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
235 haftalikmiz, yo‘ldosh bo‘yniga o‘ralib qolgan, o‘zim tug‘a olamanmi?
Kindik tizimchasining bir marta o‘ralishi mustaqil tug‘ruqqa qarshi ko‘rsatma emas.
3Bir oydan o‘tgan homilaning belgisi qanday bo‘ladi? Ustidan qon kelishi mumkinmi?
Homiladorlikni his qilish shart emas, bu fiziologik holat, kasallik emas. Kimdir ko‘ngli ayniydi, qusadi, kimdir ko‘krak bezlarida og‘riq sezadi, kimdir umuman hech narsani sezmaydi. Ammo qonli ajralmalar har doim ham normal emas, yaxshisi shifokorga murojaat qiling.

