MUALLIFLIK MATERIALI
Sitora Musaeva
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Sitora Musaeva, onkoginekolog.

Birinchi trimestrdagi tahlillar

Bu muddatgacha siz poliklinikada ro‘yxatdan o‘tishingiz, UTT tekshiruvidan o‘tishingiz va birinchi tahlillarni topshirishingiz kerak.

Birlamchi ko‘rikda

  • Shifokor chanoqning tashqi o‘lchamlarini o‘lchab, mustaqil tug‘a olish-olmasligingizni aniqlaydi.
  • Jinsiy infeksiyalarni aniqlash uchun floradan surtma olinadi.
  • Har bir tashrifingiz davomida qon bosimingiz va yurak urish tezligingiz o‘lchanadi.
  • UTT tekshiruvi o‘tkaziladi.
  • Shifokor sizni stomatolog, otolaringolog, okulist, terapevt va kardiologga tibbiy ko‘rikka yuboradi.

Shuningdek, quyidagilarni topshirishingiz kerak

  • Umumiy qon va siydik tahlili.
  • Qon guruhini aniqlash uchun qon tahlili.
  • Bakterial ekma uchun siydik («bakposev»).
  • Glyukoza uchun qon tahlili.
  • OIV, zaxm, B va C gepatitlariga qon tahlili.
  • Biokimyoviy tahlil uchun qon.

Ro‘yxatni saqlab qo‘ying.