
Sitora Musaeva, onkoginekolog.
Reproduktiv salomatlik bo‘yicha savollar
1Bitta nay bilan homilador bo‘lish mumkinmi?
Imkoniyatlar biroz pasayadi, ammo bu mumkin.
2Homiladorlik taqvimi bormi? Agar bo‘lsa, maslahat bering.
Homiladorlikni rejalashtirish uchun hech qanday ilmiy asoslangan taqvimlar mavjud emas.
3Men homiladorlikning 39-haftasidaman, oy-kuni yaqinlashib qoldi. Gripp bo‘lib qoldim, nima qilishim kerak?
Ko‘p miqdorda ichimlik ichish, o‘simlik vositalarini (Insti) qabul qilish tavsiya etiladi, chunki homiladorlik davrida ko‘plab dorilar cheklangan. Harorat ko‘tarilganda paratsetamol qabul qilishingiz mumkin.
4Turmush qurganimga 6 oy bo‘ldi, negadir erim bilan yaqinlik paytida qon ketyapti. Bu xavflimi yoki yo‘qmi? Men homilador emasman.
Bachadon bo‘ynini tekshirish uchun ginekologga albatta murojaat qilish kerak. Qon aralash ajralmalar yallig‘lanish jarayonlari, bachadon bo‘ynidagi eroziv o‘zgarishlardan darak berishi mumkin.
5Mening homiladorligim 37 hafta, tos suyaklarim juda qattiq og‘riyapti. Bu mening birinchi homiladorligim, bunday og‘riq tabiiy holmi?
Chanoq suyaklaridagi og‘riqning ehtimoliy sababi simfizitdir: chanoq suyaklarining biroz uzoqlashishi. Agar og‘riq kuchli bo‘lsa, siz qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tishingiz, shuningdek, homiladorlikni olib borayotgan shifokor bilan qo‘shimcha kalsiy preparatlarini qabul qilish haqida gaplashishingiz kerak.
6Men homiladorlikning 28-haftasidaman, chaqalog‘im juda ko‘p harakat qiladi, taxminan kuniga 10-11 marta. Bu xavfli emasmi?
Yo‘q, hammasi joyida. hamma kichkintoylar har xil va ularning kun davomidagi faolligi ham har xil.
7Doppler qaysi haftada tayyorlanadi?
Har trimestrda, birinchi doppler – 11-13 haftalarda.

