MUALLIFLIK MATERIALI
Sitora Musaeva
MUTAXASSIS JAVOB BERADI

Sitora Musaeva, onkoginekolog.

Homiladorlikda sistit

O‘QUVCHI SAVOLI

Men 6 haftalik homiladorman. Sistit bilan og‘riyapman, o‘tib ketmayapti. Maslahat bering: juda qiynalyapman, qichishish va achishish bor. Nima qilishim kerak?

Sistit nima

Sistit — bu qovuqning yallig‘lanishi.

Belgilari

Tez-tez og‘riqli siyish, qorinning pastki qismida og‘riq, loyqa siydik va achishish.

Nima qilish mumkin

  • Ko‘p suyuqlik ichish — kuniga 1,5–2 litr (agar shishlar bo‘lmasa). Suv va choydan tashqari, klyukva va brusnikadan tayyorlangan morslar yoki sharbatlarni ichish mumkin.
  • Qovuqni muntazam bo‘shatib turing — toqat qilmang!
  • Qulay ichki kiyim kiyish va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish.

Nima qilish mumkin emas

  • Har qanday dori vositasini shifokorsiz qabul qilish.
  • Qorin pastiga grelka qo‘yish, ayniqsa erta muddatlarda.
  • Shifokor ruxsatisiz xalq tabobati vositalari, giyohlar va fitochoylardan foydalanish — ularning ko‘pchiligi homilador ayollarga taqiqlangan.

Muhim

O‘zboshimchalik bilan davolanish mumkin emas — asoratlar bo‘lishi mumkin!