MUALLIFLIK MATERIALI
Zinaida Umarbekova
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.

Bola rivojlanishi haqida savollar

Bugungi kun me’yorlari quyidagicha hisoblanadi:

  • 3–4 oyda boshini ushlaydi.
  • 6–7 oyda emaklab harakat qiladi.
  • 7–9 oyda yordamsiz o‘tira oladi.
  • 9–10 oyda to‘rt oyoqlab emaklaydi.
  • 12–18 oy oralig‘ida birinchi qadamlarini bosadi.

20-30 yil avval ham me’yorlar qat’iy edi: 2 oylikda boshini ushlashi, 6 oylikda – o‘tirishi, 12 oylikda esa albatta yurishi kerak edi. Buvilarimiz va buvalarimiz ko‘pincha hozirgi bolalardan shuni kutishadi.

Ammo bugungi bolalar ota-onalari va atrofdagilardan ancha ko‘proq e’tibor, muhabbat olyapti, ko‘proq muloqot qilmoqda. Ular hayotning ilk haftalaridanoq atrofidagi odamlarning yuzi va ovozlariga tez ko‘nikmoqda, har xil tovushlar chiqarib «suhbatlashmoqda», nigohlarini buyumlarga qaratmoqda va yaqinlarini tez tanib olmoqda.

Miyada umumiy resurs mavjud. Agar ilgarigi bola bu resursni ko‘proq harakatga (boshini ushlash, o‘tirish, emaklashga) sarflagan bo‘lsa, hozirgi bolalar resursning katta qismini muloqot va hissiyotlarga yo‘naladi. Shuning uchun motorika rivojlanishi ko‘pincha biroz kechikadi. Bu aslida kechikish emas, balki urg‘ularning tabiiy surilishidir.

  • Albatta, kimlardir 1 yoshida, boshqalari esa 1,5 yoshida yuradi. Har ikkisi ham hozirgi me’yorlarga to‘g‘ri keladi.

Agar farzandingiz sizni xavotirga solsa, yaxshisi, uni pediatr yoki nevrologga ko‘rsating. Shifokorlar bolaning rivojlanishini kompleks baholaydilar va xavotirlanishga sabab bor-yo‘qligini aytib beradilar. Eng muhimi, – boshqalarga solishtirmasdan, bolaning umumiy rivojlanishini kuzatish. Shubha-gusonlarni esa mutaxassis bilan muhokama qilish.

Farzandlaringiz necha yoshida yurishni o‘rgangan?