MUALLIFLIK MATERIALI
Sitora Musaeva
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Sitora Musaeva, onkoginekolog.

Bachadon tonusi — bu afsona

Homilador ayollarning yarmida kamida bir marta «bachadon tonusi» aniqlangani ma’lum.

Hayratlanarli bo‘lsa-da, «bachadon tonusi» degan tashxis aslida mavjud emas.

Tonus aslida nima

Bachadon – bu mushak. Har qanday mushak qisqarish xususiyatiga ega.

Bachadon qisqarganda, u qisqa vaqtga qattiq bo‘lib qoladi – aynan shu holat «tonus» deb ataladi.

Bachadonning qisqarishi organizmning tabiiy reaksiyasidir. Axir, olma kattaligidagi a’zo bir necha oy ichida tarvuz hajmigacha kattalashadi.

Bachadon quyidagi hollarda taranglashishi mumkin:

  • jismoniy zo‘riqish: og‘ir yuk ko‘tarish, uzoq yurish, holatni o‘zgartirish;
  • jinsiy aloqa yoki orgazm;
  • stress va kuchli hissiyotlar.
  • Bunda bola xavf ostida qolmaydi. U suyuqlik bilan o‘ralgan, suyuqlik esa siqilmaydi – u barcha harakat va qisqarishlarni yumshatadi.

Homiladorlikning 20-haftasidan keyin bunday tabiiy qisqarishlar «soxta to‘lg‘oqlar» yoki Brekston-Xiks to‘lg‘oqlari deb ataladi. Ular xavfli emas va tug‘ruqqa olib kelmaydi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak:

  • qorinning pastki qismida doimiy og‘riq yoki bosim;
  • bachadonning bir xil vaqt oralig‘ida muntazam qisqarishi;
  • har qanday rangdagi qonli ajralmalar: qizil, pushti, jigarrang;
  • chaqaloqning juda kam yoki, aksincha, haddan tashqari faol harakatlari;
  • umumiy ahvolning yomonlashuvi, holsizlik, bosh aylanishi.

Bunday hollarda, albatta, shifokorga xabar bering – u vaziyatni aniqlashtiradi.

Ushbu postni saqlab qo‘ying – u me’yoriy holatni xavotirli alomatlardan farqlashga yordam beradi.

Va albatta, uni «tonus» tashxisi qo‘yilgan dugonalaringiz bilan ulashing.