
Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.
Chaqaloq salomatligi bo‘yicha savollar
1Mening jiyanim 3 yarim yoshda. Deyarli gapirmaydi. Hali ham pampersda yuradi. Nima qilsa bo‘ladi?
Tezroq harakat qilish kerak. Birinchi qadam – diagnostika: bolalar nevrologi yoki bolalar neyropsixologi qabulga yoziling. Shuningdek, nutqni tuzatishga ixtisoslashgan markazlar ham bunday tashhislashni amalga oshiradi. Tekshiruvlardan keyin mutaxassislar qaysi funksiyalar buzilganini aniqlaydi va miyadagi neyron bog‘lanishlarni bosqichma-bosqich mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun aniq yo‘naltirilgan korrektsion ish rejasini tuzadi.
Ota-onalar hozir nima qilishlari mumkin:
ekranlarni bolaning hayotidan imkon qadar maksimal cheklash, ular umuman olib tashlansa – yanada yaxshi: multfilm ko‘rsatmaslik, planshet va telefon bermaslik, televizorni «bola uchun» qo‘yib bermaslik.
2Mening o‘g‘lim 4 oylik bo‘lyapti rosa milklari qichishib bezovta qilyapti. Tish chiqishiga erta emasmi?
Tish chiqishi – bosqichma-bosqich kechadigan jarayon. Tish jag‘ suyagida shakllanadi va asta-sekin milk tomon harakat qiladi. Ayrim bolalarda bu jarayon tez kechadi: boshlanadi va qisqa vaqt ichida tishning o‘tkir qismi ko‘rinadi. Boshqalarida esa to‘xtab-to‘xtab rivojlanadi: bezovtalik va yomon uxlash davri bo‘ladi, so‘ng bir-ikki haftalik (ba’zan uzoqroq) tanaffus, keyin yana faol faza boshlanadi.
4 oylikda tishlar ko‘rinmasligi odatiy hol, ammo «tayyorlanayotgan» bo‘lishi mumkin – bu norma. Ko‘pincha birinchi tish 6–8 oyda chiqadi.
3Meni qizim 1 yosh, yig‘loqi bo‘lib qolgan, tishlarimiz endi chiqayapti, shunga nima maslahat berasiz?
Men sizga bolalar shifokoriga borib shaxsan o‘zidan maslahat olishni tavsiya qilaman. Bir yoshda yig‘loqilik tish chiqishi tufayli kuchayishi mumkin, lekin agar bezovtalik kuchli va uzoq davom etsa, bolani to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish muhim: o‘sishi va vazn qo‘shishi, uyqusi, ovqatlanishi, ovqat hazm qilishi qanday, infeksiya belgilari yo‘qmi. Zarur holda shifokor temir yetishmovchiligi/kamқonlik, D vitamini, kalsiy/magniy kabi moddalar tanqisligini hamda asab tizimiga kuchliroq ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa omillarni istisno qilish uchun tahlillar tayinlaydi.

