MUALLIFLIK MATERIALI
Zinaida Umarbekova
MUTAXASSIS JAVOB BERADI

Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.

Tish chiqishi haqidagi savollar

Quyidagi savollarga mutaxassis umumiy javob beradi.

1O‘g‘lim 9 oylik bo‘ldi, tishlari hali chiqmadi. Nima qilsam bo‘ladi?

2Mening qizim 1 yosh-u 1 oylik. 2–3 oydan beri kalsiy beryapman, endi 6- va 7-tishlari chiqyapti. Bu normami yoki kechikyaptimi?

3Qizim 7,5 oylik. Hozir 8 ta tishi bor: tepada 4 ta, pastda 4 ta. Lekin chiqish ketma-ketligi boshqacha bo‘ldi. Bu xavfli emasmi?

4O‘g‘lim 5 oylik bo‘ldi. Pastki 2 ta tishi ketma-ket chiqib bo‘ldi. Bu nimadan?

Mutaxassis javobi

Birinchi tishlar o‘rtacha 6–8 oyda paydo bo‘ladi, bir yoshga kelib esa 8 ta tish bo‘lishi mumkin. Ammo bu faqat o‘rtacha ko‘rsatkichlar: kimdadir tishlar kechroq, kimdadir ertaroq, ba’zan esa g‘ayrioddiy tartibda chiqadi.

Bu individual yoki irsiy xususiyat bo‘lishi mumkin — ota-onalar va buvilarda ham tishlar kech yoki erta paydo bo‘lgan bo‘lishi ehtimol. Shunga qaramay, bolani pediatrga ko‘rsatish muhim. Shifokor umumiy rivojlanishni baholaydi va kerak bo‘lsa, D vitamini, kalsiy, temir, oqsil yetishmovchiligi yoki ularning so‘rilishida muammolar yo‘qligini tekshiradi. Agar hammasi joyida bo‘lsa, tishlarning kech yoki erta chiqishi odatiy hol bo‘lishi mumkin.