
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI
Colton Victoria, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis.
Bola shamollaganda qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Quyidagi holatlarda bolaning shamollashi yoki isitmasida shifokorga zudlik bilan murojaat qiling.
- Bola 2 yoshga to‘lmagan bo‘lsa.
- Avval yurak, buyrak yoki asab tizimi bilan bog‘liq muammolar, jumladan yuqori isitma fonida tutqanoq kuzatilgan bo‘lsa.
- Isitma ko‘tarilganda bola qayt qilsa va boshi og‘risa.
- Isitma bilan birga terida toshmalar paydo bo‘lsa.
- Isitma va yo‘tal ikki kundan ortiq saqlansa.
- Yo‘tal yoki nafas qisishi kuzatilsa, og‘iz atrofi ko‘karib ketsa.
- Bola to‘satdan behol yoki aksincha, juda bezovta bo‘lsa.
- Bola emishdan bosh tortsa va suv ham ichmasa.

