MUALLIFLIK MATERIALI
Zinaida Umarbekova
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.

Bola qachon gapira boshlaydi?

Bu yerda bola qachon gapira boshlashi va nutqini rivojlantirish uchun ota-onalar qanday yo‘l tutishi mumkinligi haqida yozgandik.

Bu maqolada bola bilan muloqot qurishga yordam beradigan uchta usulni ko‘rib chiqamiz.

Ko‘z bilan bog‘lanish

Bola sizning yuz ifodangizni ko‘rishi uchun uning qarshisiga cho‘kkalab o‘tiring.

Javobni 3–5 soniya kuting

Savol bering: «Burning qayerda?» va sukut saqlang. Bola burnini ko‘rsatishi yoki so‘z bilan aytishi mumkin. Bu uni muloqotga o‘rgatadi.

Ohangni takrorlang

«Ba-ba»ni eshitdingizmi? Takrorlang: «Ba-ba! Ha, bu sening kuchukchang: ba-ba!»

Kundalik vaziyatlar uchun qisqa iboralar

  • «Suv ichging kelyaptimi?» — javob kuting. Bola ishora qilsa, ayting: «Tushundim, suv quyib beraman.»
  • «Mushuk qayerga ketdi?» — «Mushuk uychasiga kirib ketdi. Borib ko‘ramizmi?»

Bola bilan muloqotni boshlash uchun ushbu oddiy usullarni saqlab qo‘ying.