
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI
Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.
Bola gapirmasa: qachon mutaxassisga murojaat qilish kerak?
Quyidagi holatlarda, pediatr, logoped yoki bolalar nevrologiga murojaat qiling:
- 6-7 oydan keyin ham bolaning tili chiqmagan bo‘lsa («ma-ma», «ba-ba» demasa);
- 7-8 oyga kelib ismiga javob bermasa (boshini burmasa);
- 12 oyga kelib oddiy so‘zlarni aytishga urinish bo‘lmasa;
- 1 yoshdan keyin ham so‘zlar juda kam bo‘lsa va muloqotga urinishlar deyarli yo‘q bo‘lsa;
- regress bo‘lsa: avval so‘zlari bor edi, keyin yo‘qolib qolsa.
Mutaxassisdan nima kutish mumkin:
- • tekshiruv
- • diagnostika
- • o‘yinlar bo‘yicha tavsiyalar
- • zarurat bo‘lsa motorika va nutqni rivojlantirish uchun mashg‘ulot kursi.

