
Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.
Muloqot uchun shovqin va ekranlarni kamaytirish
Shovqin va ekranlarni kamaytiring: o‘yin va muloqot paytida televizor, radio, planshet, telefon va shu kabilarni o‘chirib qo‘ying.
Gadjetlar: 1,5-2 yoshgacha multfilmlar kerak emas; 2 yoshdan keyingina 10-15 daqiqalik audioertak qo‘yib berish mumkin.
Musiqalar: qisqa qo‘shiqlarni tanlang, birgalikda kuylang – bu ritm va intonatsiyani mustahkamlaydi.
Masalan, kun tartibi shunday bo‘lishi mumkin: ertalab 10-15 daqiqa «gapiruvchi» o‘yin (kiyinishni izohlaymiz), tushlikda stol atrofida xotirjam suhbat, uxlashdan oldin esa ovoz chiqarib kitob o‘qiymiz.

